Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya shimoli-sharqida «Tinchlik bulog‘i» deb nomlangan harbiy amaliyot o‘tkazayotgan Turkiyaga qarshi yirik sanksiyalar qo‘llashga tayyorlanayotganini ma'lum qildi.
«Men senator Lindsi Grem va kongressning boshqa ko‘plab a'zolari bilan, jumladan demokratlar bilan Turkiyaga qarshi kuchli sanksiyalar qo‘llash ustida ish olib boryapman. Moliya vazirligi ish boshlashga tayyor, qo‘shimcha qonun talab qilinishi mumkin. Bizda bu borada kelishuv bor. Turkiya bunday qilmaslikni so‘ragan. Kuting!», deya yozgan Tramp tvitterida.
9 sentabr kuni Turkiya Suriya shimolidagi kurdlarni janubga surib tashlash uchun «Tinchlik bulog‘i» nomini olgan harbiy amaliyot boshlagandi.
Bundan avvalroq Pentagon rahbari Mark Esper Turkiya Milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar bilan telefon orqali muloqot chog‘ida mazkur amaliyotni to‘xtatishni so‘ragandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa jahonning ko‘plab davlatlari talab qilayotganiga qaramay ushbu amaliyot to‘xtatilmasligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid

14:51 / 19.04.2025
Zelenskiy rossiyalik artistlar va sportchilarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

11:11 / 12.04.2025
Zelenskiy rossiyalik targ‘ibotchilarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

13:55 / 11.04.2025
2024 yilda Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlarni olib kirish keskin kamaydi

17:39 / 03.04.2025