Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hujjatlardan «tushib qolgan» 3600 kilogramm mandarinlar aniqlandi
Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqarolar Ya.J, M.A boshqaruvidagi “Volvo” rusumli hamda fuqaro Sh.J. boshqaruvidagi “Man” yuk avtomashinalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu avtoulovlar yukxonasida deklaratsiyada ko‘rsatilganidan ortiqcha umumiy qiymati 36 million so‘mlik 3600 kg ortiqcha mandarin mevalari borligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

13:45 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi

16:05 / 23.07.2025
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

12:29 / 18.07.2025