Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli fuqarolarga eslatma bilan chiqdi

Foto: KUN.UZ
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi fuqarolar hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga eslatma bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda ayrim fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida yong‘in yoki boshqa baxsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkin.
Ushbu hodisalarning oldini olish maqsadida gaz va elektr uskunalaridan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish so‘ralgan:
qo‘lbola va nosoz gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;
tungi vaqt aholi turar joylarida o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratdan qoldirmang;
oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e'tibor bering;
isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;
isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi mahsulotlarni saqlamang;
gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;
agarda gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating xamda gaz xizmatiga xabar bering.
“Yong‘in xavfsizligi qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni yong‘in va boshqa baxsiz hodisalardan asrab qolgan bo‘lasiz”, - deyiladi eslatmada.
Mavzuga oid

16:43 / 26.07.2025
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?

20:03 / 24.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

11:40 / 24.07.2025
O‘limlar, iqtisodiy yo‘qotish va katta xarajatlar – anomal ob-havo Markaziy Osiyoga jiddiy xavf solmoqda

10:04 / 23.07.2025