Xitoyda O‘zilning nomi internet qidiruvlardan o‘chirildi, rasmiy OAVlarda u haqda yozish taqiqlandi

Foto: Javier García/BPI/REX/Shutterstock
Xitoyda «Arsenal» futbolchisi Mesut O‘zilga nisbatan norozilik kayfiyati kuchaymoqda.
«The Telegraph»ning xabar berishicha, London klubi rahbariyati O‘zilning fikri uchun rasman kechirim so‘ramaguncha, Xitoyning rasmiy OAVlarida «Arsenal» haqida ma'lumot berish taqiqlangan.
Bundan tashqari, O‘zilning Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarida sahifalari blok qilingan, 30 ming nafar muxlisdan iborat «M10» fan-klubi ham tarqatib yuborilgan. Xitoy hukumati mahalliy internet qidiruvlardan germaniyalik futbolchining ism-sharifini o‘chirib tashlashni buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» yarimhimoyachisi internet orqali Xitoy hukumatining mamlakat sharqidagi millionlab uyg‘urlarni qiynoqqa solayotganini qattiq qoralagandi. «Arsenal» klubi bu futbolchining shaxsiy fikri ekanligini aytib, unga qo‘shilmasligini bildirgandi. Shunga qaramay, Xitoyda Angliya Premer-ligasi doirasidagi «Arsenal» - «Manchester Siti» (0:3) o‘yini translatsiyasi mahalliy telekanal efiridan olib tashlangandi.
Mavzuga oid

12:40
Tramp: AQSh Xitoy bilan nodir metallar bo‘yicha shartnoma tuzdi

23:50 / 11.06.2025
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi

22:36 / 10.06.2025
Xitoy keksalarga yordam beradigan robotlarni sinovdan o‘tkazishni boshlaydi

21:25 / 10.06.2025