Eron general Sulaymoniy o‘ldirilgan kunni Xalqaro qarshilik ko‘rsatish kuni deb e'lon qildi

Foto: REUTERS
Eron hukumati “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni, general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgan kun – 3 yanvarni uning xotirasiga Xalqaro qarshilik ko‘rsatish kuni deb e'lon qildi. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi xabar berdi.
Eronning madaniy inqilob ishlari bo‘yicha oliy kengashi kotibi Said Rizo Omaliyning ta'kidlashicha, mamlakat taqvimiga ushbu sananing kiritilishi haqidagi farmonni mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy imzolagan.
Shuningdek, qurbonlari xotirasiga general Sulaymoniy nomi bilan ataluvchi xalqaro mukofot - World Sacrifice Award ta'sis etiladi.
Qosim Sulaymoniy 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSh harbiylari zarbasi bilan o‘ldirilgandi. Eron bunga javoban AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasini raketa bilan o‘qqa tutgan.
Mavzuga oid

20:45 / 24.04.2025
“Geosiyosat” muloqoti. Ekspertlar bilan savol-javob

23:00 / 21.04.2025
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda

22:13 / 21.04.2025
Tramp: AQSh va Eron yaxshi muzokaralar o‘tkazdi

09:32 / 21.04.2025