Eriksen «Inter» futbolchisiga aylandi

Foto: Twitter/@Inter
«Tottenhem» yarimhimoyachisi Kristian Eriksen «Inter» futbolchisiga aylandi. Bu haqda klubning «tvitter»dagi rasmiy sahifasida e'lon qilindi.
Daniyalik 27 yoshli futbolchi va klub o‘rtasida 2024 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolangan. Kelishuv shartlari hozircha ma'lum qilingani yo‘q.
Oldinroq, «Tottenhem» va «Inter» futbolchining transferini 20 million yevroga kelishgani, undan 2 million yevro futbolchini tarbiyalagan «Ayaks» klubi hisob raqamiga o‘tkazilishi haqida xabar qilingandi. U 2013 yilda «Ayaks»dan London klubiga o‘tgandi, uning «shporlar» bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha tuzilgandi.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi yangi klubida yiliga 10 million yevro miqdorida maosh oladi, u bu orqali A Seriyada Krishtianu Ronaldudan keyingi ikkinchi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘ladi.
Joriy mavsumda Eriksen «Tottenhem» barcha turnirlar doirasida 28 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol urgan va 3 golga uzatma bergandi.
Mavzuga oid

01:49 / 01.06.2025
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi

16:34 / 31.05.2025
Final oldidan: kim va nega g‘olib chiqishi mumkin?

19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar

18:36 / 07.05.2025