Toshkentda «C5+1» shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
3 fevral kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining «C5+1» shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent uchrashuvida Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojidin Muxriddin, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari-Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etdi.
Delegatsiyalar rahbarlari o‘z nutqlarida 2015 yili Samarqand shahrida boshlangan vazirlar uchrashuvlarining formati o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kengaytirishning dolzarb va samarali mexanizmi sifatida o‘zini namoyish etgani qayd etishdi.
Shuningdek, vazirlar uchrashuvida dolzarb mintaqaviy muammolar, xususan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid

15:55 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tuzdi

16:56 / 10.06.2025
Shavkat Mirziyoyev: Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish lozim

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:21 / 04.06.2025