Koronavirus bilan kurashayotgan shifokorlarga 25 million so‘mdan oylik ustama to‘lanadi
Koronavirusga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini rag‘batlantirishga oid prezident qarori e'lon qilindi.

Qarorga asosan, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan qator toifa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilandi:
– vrachlar va vrach-laborantlarga 25 million so‘m;
– o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga 15 million so‘mdan;
– kichik tibbiyot xodimlariga 10 million so‘mdan;
– boshqa xodimlarga 5 million so‘mdan.
Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash paytida virusni yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga bir martalik to‘lov miqdori 100 million so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirishi natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a'zolariga 250 million so‘m to‘lab beriladi.
Ma'lumot uchun, virus yuqtirib olgani aniqlangan 65 nafar bemor orasida 11 nafar tibbiyot xodimi ham bor.
Mavzuga oid

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025