Feysbuk Trampning videopostini o‘chirdi
Dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqlardan biri Feysbuk AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z sahifasida e'lon qilgan videoni o‘chirdi.

Feysbuk ma'muriyatiga Tramp e'lon qilgan video yuzasidan mualliflik huquqi buzilishi holati borligi haqida shikoyat tushgan. Shundan so‘ng feysbuk videoni o‘chirgan. Ma'lum bo‘lishicha, Tramp o‘z sahifasiga joylagan video boshqalarga tegishli bo‘lgan va AQSh prezidenti uni «o‘g‘irlab» olgan.
Politico gazetasida yozilishicha, Tramp o‘z sahifasiga joylagan video Jikin Media kompaniyasining hamkorlaridan biriga tegishli bo‘lgan va hech kim undan foydalanishga ruxsat olmagan. O‘z mulki bo‘lgan videodan ruxsatsiz foydalanilganidan xabar topgan kompaniya feysbuk ma'muriyatiga shikoyat yo‘llagan. Ijtimoiy tarmoq muharrirlari holatni tekshirib, AQSh prezidenti chindan mualliflik huquqi haqidagi qonunlarni buzganini aniqlagan va Trampning sahifasidan videoni o‘chirgan.
«Biz ushbu videoning egasi bo‘lgan kompaniyadan mualliflik huquqi buzilgani haqida shikoyat oldik. Tekshirganimizda Tramp mualliflik huquqi haqidagi qonunni buzib, boshqalarga tegishli bo‘lgan videoni o‘z sahifasiga joylagani tasdiqlandi. Shundan so‘ng videoni uning sahifasidan o‘chirdik», degan feysbuk vakili nashrga.
Donald Tramp mualliflik haquqini buzib, feysbuk sahifasida joylagan video CNN telekanalida ko‘rsatilgan kadrlarga juda o‘xshash bo‘lgan. Videoda qora tanli bola oq tanli boladan qochib ketadi va «qo‘rqib ketgan bola irqchi boladan qochib ketdi», degan yozuv paydo bo‘ladi. Tramp hozircha videoni «o‘g‘irlab olgani» haqidagi gaplarga va feysbuk uni o‘chirganiga izoh bermadi.
Ma'lumot uchun, avvalroq tvitter ijtimoiy tarmog‘i ham Tramp tomonidan yozilgan tvitni o‘chirgan edi va AQSh prezidenti yozgan bitta postni «yolg‘on» deb belgilagandi.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

19:18 / 09.04.2025
Trampning harakatlari neft narxini 2021 yil fevraldan buyon eng past darajaga tushirdi - Reuters

14:17 / 25.01.2025