«U kishining xizmatlarini davlatimiz, xalqimiz aslo unutmaydi» - Shavkat Mirziyoyev Karim Kamolovning oilasiga hamdardlik bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida Karim Kamolov xonadoniga kelib, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi, judolikni yengishda sabr-toqat tiladi.
Davlat rahbari marhumning el-yurt farovonligi yo‘lidagi xizmatlarini e'tirof etdi.
- Rahmatli Karim aka juda yaxshi inson edi, beg‘ubor qalb egasi, noyob mehnatsevar kishi edi. Buxorodagi o‘zgarishlarga ko‘p mehnatlari singgandi. Rejalari ham ulkan edi. Beqiyos halollik va sadoqat bilan, o‘zini o‘ylamay, odamlarning manfaati uchun ishladi. Bir paytlar adolatsizlik tufayli boshidan kechirgan kunlari ham uning sog‘lig‘iga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmadi. U kishining fidokorona xizmatlarini davlatimiz, xalqimiz aslo unutmaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shundan so‘ng Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyorat etilib, Qur'on tilovat qilindi.
Mavzuga oid

21:52 / 12.06.2025
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

23:57 / 11.06.2025
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin

21:27 / 11.06.2025