Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grippga qarshi vaksinani qayerda olish mumkinligi bo‘yicha ma'lumot berildi
Koronavirusga qarshi shtab a'zosi Barno Abdusamatova grippga qarshi sifatli vaksinani qayerdan olish mumkinligi va qanchadan keyin organizmda grippga qarshi immunitet paydo bo‘lishi haqidagi savolga javob qaytardi.
«Grippga qarshi vaksina bilan maxsus tashkil qilingan emlash markazlariga borgan holda emlanish mumkin. Aholimiz yurtimizdagi mavjud vaksinalarning sifatiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Chetdan olib kirilayotgan har bir vaksina sifati va samaradorligi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasasi tomonidan tekshirilib, amaliyotga joriy qilishga ruxsat beriladi. Yurtimizga turli davlatlardan samaradorligi eng yuqori bo‘lgan vaksinalar olib kelinadi. Vaksina qabul qilayotganda har bir fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra turli davlatda ishlab chiqilgan vaksinadan birini tanlaydi.
Mavsumiy grippga qarshi vaksina organizmda 15 kun ichida mikroblarga qarshi immunitet ishlab chiqadi. Ta'sir kuchi 1 yilga yetadi. Emlashdan oldin shifokor tomonidan albatta emlanuvchi shaxsning umumiy salomatligi tekshirilib, shunga ko‘ra vaksinatsiya qilish-qilmaslik belgilanadi. Ya'ni, emlanadigan kishi shamollash, nafas olish yo‘llari yallig‘lanishi kabi kasalliklardan tamoman sog‘lom bo‘lishi kerak.
Shuningdek, vaksina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik ta'sirchanlik darajasi ham tekshiriladi. Shuning uchun vaksinatsiyadan oldin shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi», dedi shtab a'zosi AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Mavzuga oid

15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi

10:18 / 04.08.2025
YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi

21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

16:00 / 04.02.2025