Xitoyda iyuldayoq koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlangani ma'lum qilindi
Xitoyda o‘n minglab odamlar koronavirusga qarshi tajribaviy vaksina bilan emlanib bo‘ldi. Vaholanki, vaksinaning xavfsizligi va samaradorligi hali isbotlanmagan, deb xabar berdi New York Post nashri.

Foto: Reuters
Xitoyliklar ushbu vaksina bilan iyuldan boshlab emlana boshlangan.
Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi a'zosi Chjen Chjunveyning ta'kidlashicha, Xitoy vaksinani qo‘llashdan oldin JSST qo‘llab-quvvatlovini olgan. Uning aytishicha, “yuqori xavfdagi” kasblar egalari, misol uchun tibbiy xodimlar vaksinani 22 iyuldan boshlab olish huquqiga ega bo‘lganlar.
Xitoy vakilining ta'kidlashicha, vaksinaning klinik sinovlari vaqtida uning jiddiy ikkilamchi ta'sirlari qayd qilinmagan.
O‘z navbatida JSSTda ta'kidlanishicha, Xitoy vaksinani “tezkor qo‘llash uchun ichki ruxsat” bergan. Bunday ruxsat berilishi esa davlatlarning o‘z ixtiyorida bo‘lib, JSSTning tasdiqlanishini talab qilmaydi.
Mavzuga oid

21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025