Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga salomatlik tilab maktub yozdi

Foto: AP
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampga salomatlik tilab xat yozdi. Oldinroq AQSh prezidenti o‘zida koronavirus aniqlanganini ma'lum qilgan edi.
«Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti
Donald Jon Tramp
Janobi Oliylariga
Siz va Melaniya Tramp Xonim Oliyalarining koronavirusga chalingani to‘g‘risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim.
Sizlarni qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, shifo topishingizga, farovon hayotingiz hamda mas'uliyatli davlatchilik faoliyatingizni davom ettirishingizga ishonchim komildir.
Hurmatli Prezident Janobi Oliylari, ushbu sinovli damlarda Sizga va Melaniya Tramp Xonim Oliyalariga hamda barcha oila a'zolaringizga mustahkam sihat-salomatlik, xotirjamlik va kuch-quvvat yor bo‘lishini tilab qolaman.
Samimiy ehtirom ila,
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti», deyiladi maktub matnida.
Oldinroq Tramp maslahatchilaridan biri Xoup Xiksda virus aniqlangani sabab karantinga ketgan va ko‘p o‘tmay Tramp va rafiqasida koronavirus aniqlangandi. Oq uy shikofori Shon Konli Tramp va rafiqasi o‘zlarini yaxshi his qilayotganini aytgan. Shuningdek, Tramp prezidentlik vakolatlarini bajara oladigan darajada yaxshi holatda ekani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

21:21 / 27.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Minskda Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

18:31 / 27.06.2025
Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi

17:25 / 27.06.2025
YeOII bilan manfaatli hamkorlikni kengaytirish iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi – prezident

09:40 / 27.06.2025