Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: «Jyenoa» Eldor Shomurodov transferini e'lon qildi
«Jyenoa» «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovni sotib olganini e'lon qildi. Italyan klubi o‘zbekistonlik 25 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

Foto: Genoa CFC
Ma'lumotlarga ko‘ra, «Rostov» 25 yoshli hujumchisini 7,5 million yevro evaziga transfer qilgan.
O‘zbekistonlik forvardning Italiya chempionatidagi ishtiroki yaxshi chiqsa, donliklar klubi yana 1,5 million yevroni bonuslar ko‘rinishida olishi mumkin. Bundan tashqari, «Jyenoa» Shomurodovni boshqa klubga sotsa, «Rostov» keyingi transferdan 15 foizlik ulushga ega bo‘ladi.
Futbolchining italyan jamoasidagi yillik maoshi miqdori 1 million yevroni tashkil etishi xabar qilingan.
Avvalroq «Jyenoa» Shomurodovni 8 mln yevroga sotib olgani va hujumchi Genuya klubida yiliga 600-700 ming yevro maosh olishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

17:45 / 24.07.2025
Shomurodov va Fayzullayevning yangi jamoasi haqida nimalar ma’lum?

11:12 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi

18:58 / 21.06.2025
Eldor Shomurodov atrofidagi mish-mishlar. U yozda «Roma»ni tark etadimi?

20:54 / 10.06.2025