Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh savdo vazirligi TikTok’ni bloklashni ortga surdi
Savdo vazirligining bildirishicha, Filadelfiya okrug sudi oktyabr oxirida vazirlik qarorining kuchga kirishiga nisbatan taqiq qo‘ygan.

Foto: Reuters
AQSh Savdo vazirligi Amerika kompaniyalariga Xitoyning TikTok servisidan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha choralarning kuchga kirish muddatini ortga surdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp avgustda TikTok ilovasidan keladigan xavfning oldini olish bo‘yicha farmon imzolagandi. Farmonda aytilishicha, “Xitoy kompaniyalari ishlab chiqqan mobil ilovalarning Qo‘shma Shtatlarda tarqalishi AQSh milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga tahdid uyg‘otadi”.
Sentyabrda mamlakat Savdo vazirligi farmonga muvofiq taqiqlangan operatsiyalar ro‘yxatini e'lon qildi. Taqiqlarning aksariyati 12 noyabrdan kuchga kirishi va AQShda TikTok amalda bloklanishi lozim edi.
Savdo vazirligining bildirishicha, Filadelfiya okrug sudi oktyabr oxirida vazirlik qarorining kuchga kirishiga nisbatan taqiq qo‘ygan. Hukumat sud qaroridan norozi bo‘lib apellyatsiya bergan.
Vazirlikning qayd etishicha, ushbu ish bo‘yicha yangi sud qarori qabul qilinmagunicha TikTok’dan foydalanishga qo‘yilgan taqiq kuchga kirmaydi.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025