Oksfordning koronavirusga qarshi vaksinasi keksa yoshlilarda yaxshi natija ko‘rsatdi
Olimlar vaksinaning ushbu xususiyati muhim ekanligini ta'kidlamoqda, chunki keksa yoshdagilar xatar guruhiga kiradi.

Foto: Schott
Oksford universiteti va AstraZeneca ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksina yoshi 60dan oshgan insonlarda yaxshi natija ko‘rsatdi. Bu haqda Lancet xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sinovda ishtirok etganlarda nojo‘ya ta'sirlar yoshlardagiga nisbatan kamroq kuzatilgan.
Emlashdan so‘ng nojo‘ya ta'sirlar yengil shaklda bo‘lgan, kuchliroq ta'sir esa vaksinatsiya bilan bog‘liq emasligi aytilmoqda. Vaksina ikkinchi marta kiritilganidan keyin nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lishi yanada kamaygan.
Tadqiqot 560 kishidan iborat guruhda o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 240 nafari yoshi 69dan oshganlar bo‘lgan. Sinovda og‘ir surunkali kasalligi bo‘lmagan keksa yoshlilar qatnashgan.
Olimlar vaksinaning ushbu xususiyati muhim ekanligini ta'kidlamoqda, chunki keksa yoshdagilar xatar guruhiga kiradi.
Ayni kungacha Rossiyaning Sputnik V, Pfizer va BioNTech hamda Moderna kompaniyalari vaksinalari yaxshi samaradorlik ko‘rsatganligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi

16:51 / 25.11.2024