AQShning bosh infeksionisti London Pfizer vaksinasi borasida shoshilganini aytdi
AQSh mahsulot va dori vositalari nazorati boshqarmasi 10 dekabr kuni Pfizer-BioNTech vaksinasi bo‘yicha muhokama o‘tkazadi va shundan so‘ng undan ommaviy foydalanishga ruxsat berishi mumkin.

Foto: Getty Images
AQShning bosh infeksionisti Entoni Fauchi Fox News telekanali orqali qilgan chiqishida Buyuk Britaniyaning Pfizer va BioNTech vaksinasidan foydalanishga ruxsat berganini tanqid qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, britaniyaliklar ushbu qaror borasida boshqalardan ikki kunga ilgarilab ketdi, ammo bu kunlar muhim rol o‘ynamaydi. U barcha mamlakatlar tez orada koronavirusga qarshi vaksinadan ommaviy foydalanishni boshlaydi deb hisoblamoqda.
“Agar shoshsangiz va buni yuzaki amalga oshirsangiz, odamlar emlanishni istamaydi”, — dedi Fauchi hamda AQSh mahsulot va dori vositalari nazorati boshqarmasi (FDA) bu masalada oltin standartga rioya qilishini aytdi.
“Biz amerikaliklarga uning xavfsiz va samarali vaksina ekanligini kafolatlash uchun bu ma'lumotlarni sinchiklab tekshiramiz”, — dedi u.
Qayd etilishicha, FDA 10 dekabr kuni Pfizer-BioNTech vaksinasi bo‘yicha muhokama o‘tkazadi va shundan so‘ng undan ommaviy foydalanishga ruxsat berishi mumkin.
Britaniya hukumati 2 dekabrda mamlakatda ushbu vaksinadan foydalanish ma'qullanganini e'lon qildi. Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi ommaviy emlashga ruxsat bergan birinchi mamlakat bo‘ldi. Tez kunlarda Britaniyaga dastlabki 400 ming kishini emlash uchun 800 ming doza vaksina keltiriladi.
Mavzuga oid

21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi

16:51 / 25.11.2024