Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«U 80 million to‘layapti-ku, 46 mln to‘layapti-ku» - vazir yotoqxonalarga e'tiborsiz rektorlarni tanqid qildi
8 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi boshqaruv kadrlar uchun video-konferens-aloqa tarzida yig‘ilish o‘tkazilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audiolarga ko‘ra, yig‘ilish davomida vazir Abduqodir Toshqulov OTM rektorlarining yotoqxonalarga bee'tiborligini keskin tanqid qilgan.
«Hurmatli rektorlar, yuring, tomga chiqing, yerto‘laga tushing, yotoqxonalarga kiring.
Yotoqxonalarga o‘ntalab avtomat kir yuvish mashinalarini qo‘yishingizga kim qo‘lingizdan ushlab turibdi? Shu kir mashinalar uchun bir qop poroshokni talabalarga olib berish uchun kim qo‘lingizni ushlab turibdi? U 80 million to‘layapti-ku. U 46 mln to‘layapti-ku. Kamiyam 10 mln to‘layapti-ku. O‘zining puliga o‘ziga sharoit qilish kerak-da.
Sanuzellar (hojatxonalar)ga alohida e'tibor qilaman. Buni bloknotingizga qizil bilan yozib qo‘ying. Bitta qolmay kirib ko‘raman. Chunki u madaniyat. Siz-u biz qaysi chet davlatga borgan bo‘lsak, ovqatlanish va hojat joylari juda yuqori darajada ta'mirlanib, toza qilib qo‘yilgan. Bundan keyin bu narsalarga ham jiddiy e'tibor berib ishlaymiz», – degan vazir.
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

22:57 / 05.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

12:48 / 04.10.2024
Antikorrupsiya agentligi tadbirkor rektor ustidan vazirlikka taqdimnoma kiritdi

21:01 / 08.05.2024