Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blinken Turkiyani S-400dan voz kechishga chaqirdi
Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarda sovuqchilik tushishiga sabab bo‘lgan S-400 tizimlari Turkiyaga 2019 yil iyuldan boshlab yetkazilgandi.

Foto: AP Photo/Evan Vucci
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Anqarani Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlaridan voz kechishga chaqirdi.
"Davlat kotibi Turkiyani Rossiyaning s-400 raketa tizimlarini o‘zida qoldirmaslikka chaqirdi. Entoni Blinken Turkiya va Gretsiya o‘rtasida davom etayotgan muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi", - deyiladi AQSh davlat departamenti xabarida.
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari muloqoti haqida Turkiya tashqi ishlar vazirligi ham xabar berdi. Vazirlikning xabariga ko‘ra, "ikki tomonlama munosabatlarning barcha jihatlari", jumladan, Rossiya zenit-raketa tizimlari muhokama qilingan.
Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarda sovuqchilik tushishiga sabab bo‘lgan S-400 tizimlari Turkiyaga 2019 yil iyuldan boshlab yetkazilgandi.
Vashington Anqaraga ushbu bitimdan voz kechishni va Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlari sotishni bekor qilish va sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilib, S-400 o‘rniga AQShning Patriot majmualarini sotib olishni taklif qilgandi.
11 yanvar kuni Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati rahbari Ismoil Demir S-400 zenit-raketa tizimlari foydalanishga tayyor holga keltirilganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025