Chovusho‘g‘li boshliq turk delegatsiyasi Xiva, Buxoro va Samarqandda bo‘ldi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li boshliq delegatsiya O‘zbekistonning Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarida bo‘ldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xivadan boshlangan sayohatlarda Turkiya delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov hamrohlik qildi. 6 mart kuni Xiva shahriga tashrif buyurgan turkiyalik mehmonlar tantanali ravishda kutib olindi.
Ichan qal'ada ular uchun madaniy tadbirlar tashkil etilib, Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasining "58-Xon" teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.
Shundan so‘ng Chovusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlar Poyi Kalon majmuasi, Mir Arab madrasasi, Labi Hovuz kompleksida bo‘ldi, mahalliy hunarmandlar bilan uchrashdi. Ark qo‘rg‘onida teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.
7 mart kuni delegatsiya Samarqandga keldi va bu yerda Turkiya Respublikasining bosh konsulxonasi ochilishida ishtirok etdi. Konsulxonaning ochilish marosimida Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li, Aziz Abduhakimov, Abdulaziz Komilov hamda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov qatnashdi.
Mavzuga oid

21:49 / 25.04.2025
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi

19:32 / 25.04.2025
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi

12:15 / 25.04.2025
Xalqaro arbitraj Turkiya tekstil kompaniyasining O‘zbekistonga nisbatan 700 mln dollarlik da’vosini rad etdi

20:45 / 24.04.2025