Beshariqda to‘rt kun ichida 14 soatdan ziyod vaqt davomida «svet» bo‘lmagani ma'lum qilindi
Beshariq tumanida 14 – 17 mart kunlari elektr ta'minotida jami 14 soat-u 36 minut uzilishlar bo‘lgan. Yirik tadbirkorlik sub'yektlari esa ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsata olmagan.

Beshariqlik tadbirkordan biri o‘zining Facebook’dagi shaxsiy sahifasida Beshariq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonasida elektr ta'minotining yo‘qligi haqida murojaat qoldiradi.
Beshariq tuman hokimligi axborot xizmati tadbirkorning ushbu murojaatiga munosabat (https://t.me/beshariq_tumani_AX/1105) bildirdi. Holat Beshariq tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
«Haqiqatan ham, joriy yilning 14 – 17 mart kunlari ta'minotda jami 14 soat-u 36 minut uzilishlar bo‘lgan. Natijada elektr ta'minotidagi uzilish tufayli tumandagi tadbirkorlarning ishlab chiqarishida uzilishlar bo‘lib, ishlash imkoniyati bo‘lmagan. Hozirda elektr ta'minotidagi uzilishlarni kamaytirish maqsadida viloyat hokimligi va «Hudud elektr ta'minot» bilan uzilishlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi rasmiy munosabatda.
Ta'kidlanishicha, tadbirkor Sherzod Erkaboyevga tegishli bo‘lgan korxona 110/35/10 kV Madaniyat nimstansiyasidan chiquvchi 10 kV «Yangi» nomli havo uzatmasidan elektr ta'minoti bilan ta'minlanadi.
Mavzuga oid

23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi

19:11 / 31.03.2025
1 apreldan tabiiy gazning bazaviy me’yori 100 kub metrga tushiriladi

12:46 / 28.03.2025