Andijondan olib qochilgan avtomashina qo‘shni viloyatdan “ehtiyot qismlarga ajratilgan” holatda topildi

Andijon viloyati Baliqchi tumanilik fuqaro 27 yoshli Sarvarbek R. o‘ziga tegishli «Spark» rusumli avtomashinasini 2021 yil 3 aprel kuni soat 22:30 larda yashash uyi oldida eshiklari qulflanmagan holda qarovsiz qoldirib, yashash xonadoniga kirib ketgan.
4 aprel kuni soat 05:50 larda avtomashinasidan xabar olish uchun qaragan vaqtida, avtomashinasi qo‘yilgan joyida yo‘qligini bildirgan.
Ushbu avtomashinaga o‘rnatilgan «GPS» qurilmasi signali avtomashina Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hududida harakatlanayotganligini ko‘rsatgan.
Unga asosan viloyat hududida to‘sib ushlash tadbiri e'lon qilingan va Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi 29 yoshli Akbar Q.ning yashash xonadonidan Sarvarbek R.ga tegishli avtomashinaning davlat raqam belgisi yechilib, ehtiyot qismlarga ajratilgan holatda topilgan.
Hozirda mazkur masala yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:28 / 03.06.2025
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir etildi

21:23 / 02.06.2025
Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi

19:03 / 28.05.2025
Andijonda YPX xodimlaridan qochgan Nexia-2 boshqa avtomobillar bilan to‘qnashdi

22:14 / 27.05.2025