Ukraina chegara xizmati Rossiya qo‘shinlari harbiy mashg‘ulotlar vaqtida chegara yaqinida bo‘lmaganini ma'lum qildi
Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Andrey Taran Rossiya Qrimga 42 ming nafar va Ukraina shimoli-sharqiy chegaralariga 110 ming nafar harbiy xizmatchi jo‘natganini aytgandi.

Foto: facebook.com/DPSUkraine
Rossiya qo‘shinlari harbiy mashg‘ulotlar vaqtida bevosita Ukraina chegarasi yaqinida bo‘lmadi, deb ma'lum qildi Ukraina davlat chegara xizmati spikeri Andrey Demchenko.
«Qayd etishim lozimki, bevosita chegara yaqinida Rossiya qismlari yo‘q, ular doimo ma'lum bir masofada, o‘nlab kilometr, Voronejdagi baza haqida gapiradigan bo‘lsak, yuzlab kilometr uzoqda bo‘lishdi», – dedi u.
Demchenkoning ma'lumot berishicha, hozirda chegara atrofidagi hududlarda hech qanday shubhali holatlar kuzatilmayapti.
«Ukraina yaqinida Rossiya kuchlar va texnikasining harakati yoki to‘planishini kuzatmadik, Ukraina bilan chegarada vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan provokatsiyalar ham bo‘lmadi», – dedi u.
Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Andrey Taran Rossiya Qrimga 42 ming nafar va Ukraina shimoli-sharqiy chegaralariga 110 ming nafar harbiy xizmatchi jo‘natganini aytgandi.
22 aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya qo‘shinlari tayyorgarligini tekshirish yakunlangani va ular doimiy joylariga qaytishini e'lon qildi.
Rossiya janubidagi harbiy mashg‘ulotlarda qatnashgan qo‘shinlar 1 maygacha doimiy joylariga qaytariladi.
Mavzuga oid

19:01 / 09.06.2025
Rossiyada ukrainlar hujumi oqibatlari aks etgan kadrlarni e’lon qilganlik uchun jarima yozilmoqda

13:06 / 09.06.2025
Ukraina: jasadlarni vatanga qaytarish shu hafta boshlanadi

09:23 / 09.06.2025
Rossiya harbiy bazalarda samolyotlar uchun usti yopiq maxsus joylar qurmoqda

21:39 / 08.06.2025