Tojikiston chegaradagi nizo qurbonlari va jarohatlanganlar soni bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
Qirg‘iziston bilan chegaradagi qurolli to‘qnashuvlarda Tojikistonning 19 fuqarosi halok bo‘lib, 87 kishi jarohatlangan.

Foto: So‘g‘d viloyati hokimligi matbuot xizmati
Tojikistonning So‘g‘d viloyati hokimligi matbuot xizmati tojik-qirg‘iz chegarasida ro‘y bergan qurolli ziddiyat oqibatida halok bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini e'lon qildi.
Qurbonlar (19 kishi) va jarohatlanganlarning (87 kishi) oilalariga Tojikiston hukumati tomonidan 3 million somoniy ajratilgan.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning topshirig‘iga ko‘ra, So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda va Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Rajabali Rahmonali qurbonlarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularga mamlakat rahbariyati nomidan hamdardlik bildirishgan.
«Mamlakat prezidenti topshirig‘iga ko‘ra qurbonlarning oilalariga 70 ming somoniy miqdorida (6200 dollar atrofida) ko‘mak ko‘rsatildi», - deyiladi xabarda.
Jarohatlanganlar uchun bir martalik yordam miqdori 10-20 ming somoniyni tashkil etgan.
«Hukumat qurbonlarning oilalarini hech qachon tashlab qo‘ymaydi va hamisha ularni, shu jumladan, marhumlarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi. Bolalarni voyaga yetgunga qadar o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi. O‘rta maktablarni tamomlaganlaridan keyin oliy ta'lim muassasalarida o‘qishi uchun ularga kvotalar taqdim etiladi», - deya va'da bergan hudud rahbari.
Qo‘shimcha qilinishicha, hukumat qurbonlar xotirasiga yodgorlik o‘rnatadi.
Chegaradagi nizo
28 aprel kuni qirg‘iz-tojik chegarasi hududida, Qirg‘izistonning Ko‘k-Tosh qishlog‘ida joylashgan «Bosh» suv taqsimlash punktida ikki mamlakat aholisi vakillari o‘rtasida kichik to‘qnashuv ro‘y berdi, 29 aprel kuni bu nizo harbiylar ishtirokidagi qurolli to‘qnashuvga aylanib ketdi. Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken va Laylak tumanlarida ikki mamlakat harbiy xizmatchilari o‘rtasidagi otishmalar 30 aprel va 1 may kunlari ham davom etdi.
1 may kuni kechqurun Qirg‘iziston va Tojikiston milliy xavfsizlik xizmatlari rahbariyati o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy kuchlarni chegaradan avvalgi joyiga qaytarish to‘g‘risidagi protokolni imzolashdi.
To‘rt kunlik ziddiyat vaqtida Qirg‘iziston tomonidan 36 kishi halok bo‘lgan, 189 kishi jarohatlangan. OAV Tojikiston tomonining yo‘qotishlari 19 kishi bo‘lib, 88 kishi jarohat olgani haqida xabar tarqatgandi.
Mavzuga oid

21:41 / 25.04.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

08:57 / 23.04.2025
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

20:30 / 17.04.2025