Isroil falastinliklarga iqtisodiy yordamni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
Isroil mudofaa vaziri Benni Gans mamlakat Iordan daryosi g‘arbiy sohilida keskinlik kuchayishini istamasligini, ammo armiya vaziyatning har qanday rivojiga tayyorligini bildirgan.

Foto: Reuters
Agar G‘azo sektoridan raketa hujumlari davom etadigan bo‘lsa, Isroil hukumati Falastinga iqtisodiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin, dedi Isroil mudofaa vaziri Benni Gans.
Jerusalem Post gazetasining yozishicha, Gans bunday qarorni aynan uning vazirligi qabul qilishini aytgan.
Bundan tashqari, u Isroil Iordan daryosi g‘arbiy sohilida keskinlik kuchayishini istamasligini, ammo armiya vaziyatning har qanday rivojiga tayyorligini bildirgan.
Isroil va G‘azo sektori chegarasidagi vaziyat bir necha kundan beri keskinligicha turibdi. Har ikki tomon bir-birini raketalardan o‘qqa tutmoqda.
Bundan tashqari, 14 may kuni Iordan daryosining g‘arbiy sohili – Mahmud Abbos nazoratidagi hududda ham keskinlik kuchaya boshladi. Bu yerda minglab falastinliklar Isroil harbiylari bilan to‘qnashuvga kirgan.
Mavzuga oid

13:05
Eron portidagi dahshatli portlash, Kanadada fojiaga aylangan festival va Suvaysh kanaliga «ko‘z olaytirayotgan» Tramp - kun dayjesti

09:45
Isroil Bayrutdagi "Hizbulloh" inshootiga zarba berganini ma’lum qildi

07:51
BMT maxsus ma’ruzachisi Isroildan G‘azodagi ommaviy qotilliklarni to‘xtatishni talab qildi

20:03 / 27.04.2025