Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Bayden bilan uchrashuvdan so‘ng Turkiyaning S-400 bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaganini aytdi
Turkiya prezidenti Anqara va Vashington o‘rtasida hal qilib bo‘lmaydigan muammolar yo‘q deb hisoblamoqda.

Foto: DPA
Turkiyaning Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa tizimlari bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Jo Bayden bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Albatta, S-400 masalasi kun tartibimizda bo‘lmasligi mumkin emasdi. S-400 borasida avvalgi fikrimizni bayon etdim. Shuningdek, mudofaa sanoati bo‘yicha birgalikda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan ishlar haqida ma'lum qildim», degan Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘an Anqara va Vashington o‘rtasida hal qilib bo‘lmaydigan muammolar yo‘q deb hisoblamoqda.
«Biz konstruktiv va mazmunli muzokara o‘tkazdik. Muloqot kanallaridan faol foydalanishga kelishib oldik. Bizning AQSh bilan hal qilib bo‘lmaydigan muammolarimiz yo‘q deb o‘ylayman», dedi u.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025