O‘zbekiston va Pokiston strategik sheriklik to‘g‘risida deklaratsiya imzoladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon Toshkentdagi muzokaralari yakunida strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Rasmiy relizga ko‘ra, tashrif doirasida imzolangan 8 ta hujjat almashildi.
Tranzit va savdo to‘g‘risidagi hamda Ishbilarmon doiralar vakillari va sayyohlik guruhlari uchun viza tartiblarini soddalashtirish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar ular orasida alohida ahamiyatga ega.
Shuningdek, Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy ta'lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida protokol, 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan Madaniy almashuv dasturi, turizm masalalari bo‘yicha anglashuv memorandumi, davlat chegarasidan olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risida bayonnoma, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Pokiston diplomatik xizmat akademiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi, O‘zbekiston – Pokiston ishbilarmonlar kengashini tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Tashrif doirasida Hukumatlararo komissiya majlisi hamda O‘zbekiston – Pokiston biznes forumida 500 million dollarlikdan ziyod shartnomalar imzolangani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid

02:00
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi

11:19 / 25.04.2025
Pokiston va Hindiston harbiylari chegarada to‘qnashdi

22:02 / 24.04.2025
Hindiston Pokistonni sayyohlar o‘limida ayblab, uni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda. Urush boshlanishi mumkinmi?

18:09 / 24.04.2025