Bayden global isish dunyoda yangi nizolarga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika harbiylari iqlim o‘zgarishini AQSh uchun eng katta tahdid deb hisoblaydi.

Foto: AP Photo/Susan Walsh
Global isish AQSh va butun dunyo uchun beqarorlik keltirib chiqarishi, haydaladigan yerlar uchun nizolar yuz berishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden razvedka hamjamiyati xodimlari va rahbariyati bilan uchrashuvida aytdi.
"Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq holatlar mamlakatimiz va butun dunyoda beqarorlik o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Bular insonlar o‘limiga olib kelayotgan ob-havo hodisalari, oziq-ovqat va suv xavfsizligi yo‘qligi, dengiz sathi ko‘tarilishi kabilardir", – dedi AQSh prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika harbiylari iqlim o‘zgarishini AQSh uchun eng katta tahdid deb hisoblaydi.
"Agar dengiz sathi yana 2,5 fut (0,76 m) ko‘tarilsa, millionlab odamlar ko‘chib ketadi, haydaladigan yerlar uchun jang qiladi. Shimoliy Afrikada nima bo‘lganini ko‘rdingiz", – dedi Bayden.
Oq uy rahbari shuningdek, taxminlarga ko‘ra, yaqin o‘n yil ichida Indoneziya poytaxti boshqa joyga ko‘chirilishini, chunki Jakarta suv ostida qolishi mumkinligini aytdi.
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo 2019 yilda mamlakat poytaxti Kalimantan oroliga ko‘chirilishini aytgandi.
Mavzuga oid

16:36 / 17.04.2025
«Bu yigit bolta olib chopyapti» – Bayden prezidentlikdan ketgach ilk marta chiqish qildi

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

16:50 / 16.04.2025
Bayden Oq uyni tark etganidan keyin birinchi marta Trampni tanqid qildi

17:24 / 13.04.2025