Zomin va G‘allaorol tumanlarida gulchilik bilan shug‘ullanish uchun yer maydonlari ijaraga beriladi

Foto: KUN.UZ
Jizzax viloyatining Zomin va G‘allaorol tumanlarida gulchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarishlash, aholi o‘rtasida gulchilik san'ati sir-asrorlarini ommalashtirish maqsadida yer maydoni ijaraga beriladi. Bu haqda viloyat hokimining qarori qabul qilindi.
Gulchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining o‘z faoliyatlarini kengaytirishlari uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha yer maydoni ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga ijaraga berish tartibida ajratiladi. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablag‘larning kamida 10 foizi gulchilik loyihalarini tashkil qilish uchun ajratiladi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ochiq maydonda hamda issiqxonalarda gul yetishtirish bo‘yicha har birining maydoni 2 sotix bo‘lgan “Gulchilik o‘quv poligon”larini tashkil etish uchun yer maydoni tashabbuskor talabgorlarga elektron onlayn-auksion (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda) ijaraga beriladi. “Gulchilik o‘quv poligon”larida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va maxsus sertifikat olgan ishsiz, ehtiyojmand oilalarga gul va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish maqsadida 6 sotixdan yer maydoni elektron onlayn-auksion (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda) orqali ijaraga beriladi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bir qancha viloyatlarda aholidan sut yig‘adigan 100 ta punkt tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:11
-
G‘azoda shifoxonaga zarba oqibatida o‘nlab qurbonlar borligi aytilmoqda
Jahon | 15:57
-
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49
-
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi
Jamiyat | 15:44
Mavzuga oid

15:50 / 06.05.2025
Pokiston Zomin tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etadi

12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi

10:10 / 27.12.2024
Zomin aeroporti 27 dekabrdan reyslarni qabul qilishni davom ettiradi

18:24 / 25.12.2024