Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste'foga chiqdi

Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga
Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga hukumati 4 oktyabrda to‘liq tarkibda iste'foga chiqdi. Bu mamlakat parlamenti yangi bosh vazirni tanlashi oldidan yuz berdi. Bosh vazir lavozimini hukmron partiya yetakchisi Fumio Kisida egallashi kutilmoqda. Endilikda aynan u hukumatni yangidan shakllantiradi.
Avvalroq Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasining yangi yetakchisi 4 oktyabrda lavozimini bajarishga kirishishi ma'lum qilingandi. Bosh vazirning tasdiqlanishi ko‘proq rasmiy ko‘rinishga ega bo‘lib, mamlakatda o‘rnatilgan an'anaga ko‘ra, ushbu lavozimni odatda hukmron partiya yetakchisi egallaydi.
Kisida Yaponiyaning 100-bosh vaziri bo‘ladi.
Shuningdek, hukumat bosh kotibi lavozimini Xirokadzu Matsuno egallaydi. Avvalgi hukumatdan tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi va mudofaa vaziri Nobuo Kisi o‘z lavozimlarini saqlab qoladi.
Avvalroq Yaponiyada Suga vakolatlari muddati yakunlangani sababli Liberal-demokratik partiya yetakchisi saylovlari bo‘lib o‘tgandi. Suga bosh vazir lavozimini Sindzo Abe o‘z sog‘lig‘idagi muammolar sababli kutilmaganda iste'foga chiqishini e'lon qilgandan keyin egallagandi. Suganing o‘zi partiya yetakchisi uchun saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid

11:09 / 14.06.2025
Yaponiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

23:50 / 08.06.2025
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi

14:21 / 07.06.2025