Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga hujjat topshirish muddati uzaytirildi
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga hujjatlar topshirish muddati joriy yilning 20 oktyabriga qadar uzaytirildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, hozirda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli va 2020 yil 6 noyabrdagi 696-sonli qarorlariga muvofiq yagona elektron tizimi orqali oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlarining barcha shakllariga talabgorlar tomonidan hujjatlar topshirilmoqda. Hujjatlarni 15 sentyabrdan 15 oktyabrga qadar qabul qilish belgilangan.
Bildirilishicha, oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga hujjat topshirish muddati uzaytirilishida talabgorlarga hujjat topshirishda qulayliklar yaratish, 2022 yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlarida davlat budjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotalari 2 baravarga oshgani va kvotalar tasdiqlanishi kechikkani inobatga olingan.
Mavzuga oid

10:40 / 01.08.2025
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi

14:55 / 26.07.2025
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi

20:45 / 23.07.2025
Hindiston talabalarga O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikni tavsiya qildi

13:07 / 23.07.2025