«Afg‘oniston muvaqqat hukumatini tan olish masalasi kun tartibimizda yo‘q» - tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

Foto: TIV axborot xizmati
Xalqaro media-hollda «Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish, O‘zbekistonning pragmatik tashqi siyosati» mavzusida muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi.
«Afg‘onistonning muvaqqat hukumatini tan olish masalasi bizda ko‘rib chiqilmayapti. Biz faqatgina Afg‘onistonga gumanitar yordam berish orqali inqirozning oldini olish va o‘zaro hamkorlikni tiklash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz. Biz bu mamlakatda barcha xalqlar va millatlarning manfaatlari hisobga olingan holatda, demokratik tamoyillarga rioya qiladigan, qo‘shni davlatlarga tahdid solmaydigan yagona hukumat tuzilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu Afg‘onistonning Markaziy Osiyo va xalqaro hamjamiyatga integratsiya bo‘lishida muhim omildir. Hozirda qo‘shni mamlakatlar bilan Afg‘onistonga qanday yordam ko‘rsatish bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz va bu dolzarb mintaqaviy masalalardan biri bo‘lib turibdi.
Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro bog‘liqlik masalalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, yaqinda Toshkentda ham shu mavzuda xalqaro konferensiya tashkil etildi, Pokiston bilan havo qatnovlari tiklandi, 20ta charter reyslar bilan 9 mingdan ortiq pokistonlik sayohatchilar O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. O‘zaro bog‘liqlik muammolarini qadamma-qadam hal qilyapmiz», dedi Furqat Siddiqov.
Avvalroq, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov toliblar hukumatini tan olish masalasi kun tartibida turgani, ammo ular Afg‘onistonda terrorizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi va'dalarini bajarishlari kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid

12:35 / 25.04.2025
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025