YUNISEF: Iqlim o‘zgarishlari dunyodagi 1 mlrd bolaga tahdid qilmoqda
Aslida iqlim inqirozini bola huquqlari sohasidagi inqiroz deb hisoblash mumkin.

Dunyodagi 1 mlrd bola iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlari tahdidi ostida. BMTning Jyenevadagi ofisida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida YUNISEFning iqlim, energetika va atrof-muhit bo‘yicha katta maslahatchisi Gautam Narasimxon ana shu haqida ogohlantirdi. Narasimxon iqlim inqirozi aslida bola huquqlari sohasidagi inqiroz deb hisoblaydi.
“Dunyodagi 2,2 mlrd bolaning 99 foizi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq kuchli jazirama, bo‘ron, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik va havoning ifloslanishi kabi kamida bitta jarayonga duch kelmoqda”,- deya ma'lum qildi u YUNISEFning joriy yil avgust oyida bolalarga yo‘naltirilgan ilk iqlim tahdidlari indeksiga asoslanib.
Bolalar duch kelayotgan iqlim shoklari sog‘liq bilan birga ularning ta'lim va hayot standartlariga ham ta'sir qilishi ta'kidlab o‘tildi.
Mavzuga oid

15:14 / 04.06.2025
2024 yil mojaro hududlarida yashayotgan bolalar uchun «tarixdagi eng og‘ir yillardan biri» bo‘ldi

18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

14:33 / 07.11.2024
YUNISEF: G‘azoda ikki kun ichida 50 dan ortiq bola halok bo‘ldi

22:44 / 03.08.2024