“Olot” chegara postida 531 mln so‘mlik tovarlar to‘xtatib qolindi

Foto: Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti xodimlari mamlakatga noqonuniy tovar olib kirish bilan bog‘liq ikkita holatni fosh etishdi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Xususan, qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Ko‘rik davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati qariyb 424 mln so‘mlik har-xil turdagi tovarlar borligi aniqlangan.
Yana bir holatda yuk avtomashinasi “Inspeksion ko‘rik majmuasi” orqali belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan hamda hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha, umumiy qiymati 107 mln so‘mlik 2 691 dona gaz ballonlarda foydalaniladigan yondirgich tovarlari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:29 / 15.05.2025
Bojxona organlari tomonidan fuqarolarga pulli xizmatlarni ko‘rsatish tartibi e’lon qilindi

09:10 / 07.05.2025
Chegarada fuqaro tanasidan 1,3 mlrd so‘mlik oltin quymalar aniqlandi

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

19:56 / 22.04.2025