Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda ikki kishi o‘limiga olib kelgan tuproq o‘pirilishining asosiy sabablari ma’lum qilindi

16 noyabr kuni Kogon shahrida kanalizatsiya quvurini o‘tkazish uchun qazilgan chuqurda qum o‘pirilishi oqibatida 2 ishchi vafot etgandi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik boshqarmasi buyrug‘iga asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiyasi o‘z ishini yakunladi. Baxsiz hodisa mehnat faoliyati bilan bog‘liq deb topilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lum qilishicha, “61-avtokorxona” MChJ ish beruvchisi ishlarni xavfsiz olib borish yuzasidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda yo‘l-yo‘riqlar olmagan Namozbek Amirov va Sardor Saidqulovni kanalizatsiya quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlariga jalb etgan.
Shuningdek, qazilgan o‘ra devori qulab tushmasligi uchun keltirib qo‘yilgan temir panjaralar o‘rnatilmagan. Tekshirish ishlari yakuniga ko‘ra, mazkur baxsiz hodisa mehnat faoliyati bilan bog‘liq, deb topilib, N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar esa huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Ushbu hodisa oqibatida quvur ichida ishlayotgan «61-avtokorxona» MChJ ishchilari, 2000 yilda tug‘ilgan Namozbek Amirov hamda 1999 yilda tug‘ilgan Sardor Saidqulov qum uyumi ostida qolib ketib, voqea joyida vafot etgandi. Keyinchalik holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Mavzuga oid

21:55 / 04.08.2025
Saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi

19:49 / 23.07.2025
Buxoroda elektr toki urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025