Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy rassomlik va dizayn institutiga yangi rektor tayinlandi
Vazir o‘rinbosari Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor bo‘ldi.

Abbosjon Mirzorahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi.
Avvalgi rektor Nodirbek Sayfullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod qilingan. U institutga 2019 yil fevralida rahbar bo‘lgandi.
Abbosjon Mirzorahimov 1997—2001 yillar Termiz davlat universiteti (bakalavr), 2001—2003 yillar O‘zbekiston Milliy universiteti (magistr), 2006 yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (aspirantura), 2011—2012 yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Tarix fanlari nomzodi.
Abbosjon Mirzorahimov Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot resurs markazlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2016 yil fevralida O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Mavzuga oid

00:58
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi

14:54 / 01.08.2025
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi

19:23 / 31.07.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

21:13 / 30.07.2025