Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori etib tayinlandi
U xalq ta’limi vaziri maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Foto: KUN.UZ
Hukumat qarori bilan, Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi yurituvidagi “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Agentlikka bunga qadar Kamolov Qahramon Yusufxonovich rahbarlik qilib kelayotgandi.
Ulug‘bek Qosimxo‘jayev tayinlovga qadar xalq ta’limi vazirining investitsiya va grantlar jalb etish bo‘yicha maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgandi. U, shuningdek, 2020–2021 yillarda Toshkent xalqaro ta’lim universitetiga rektorlik ham qilgan.
Ulug‘bek Qosimxo‘jayev — ta’limni inqirozga eltgan sabablar, “umidchilar” va kadrlar siyosati haqida
Kun.uz avvalroq Ulug‘bek Qosimxo‘jayev va sog‘liqni saqlash vazirining sobiq o‘rinbosari Abdulla Azizov bilan O‘zbekistonda yoshlar siyosati masalalariga bag‘ishlab intervyu tashkil qilgandi.
Mavzuga oid

08:05 / 22.04.2025
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi

15:20 / 17.04.2025
Islomiy investitsiyalar potensiali – 4 trillion dollar. Unga ochilish uchun esa bizda ekotizim yo‘q - mutaxassislar

16:04 / 16.04.2025
Samarasiz issiqxonalar Andijonga ko‘chirilib, aholiga beriladi

22:13 / 11.04.2025