Buxoroda Cobalt va Matiz to‘qnashdi. Vafot etganlar bor
Buxoro shahrida insonlar o‘limi bilan bog‘liq avtohalokat sodir bo‘ldi. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Cobalt va Matiz o‘zaro to‘qnashib ketgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH 20 fevral kuni soat 22:10 lar atrofida Buxoro shahrida sodir bo‘lgan. R.A. ismli fuqaro Cobalt mashinasini Gulchorbog‘ mahallasidan o‘tuvchi 4R/69 “a” avtomobil yo‘lida Buxoro xalqaro aeroporti tomonidan Kogon tumani tomonga boshqarib borayotib, bir yo‘nalishda harakatlanayotgan, fuqaro J.Sh. boshqaruvidagi Matiz mashinasining orqa tomonidan urib yuborgan.
YTH oqibatida Cobalt mashinasi yonib ketgan. Matiz mashinasi haydovchisi voqea joyida, Matiz yo‘lovchilari va Cobalt haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

14:03 / 11.05.2025
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi

10:12 / 01.05.2025
Buxoroda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Aeolus haydovchisi vafot etdi

22:40 / 28.04.2025