Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xonga mamlakatni tark etish taqiqlandi
Ta’kidlanishicha, sobiq bosh vazir va avvalgi hukumat vakillari "korrupsion yo‘l bilan topilgan pullarini olib chet elda yashirinishlari" ehtimoli sababli ushbu taqiq joriy etilgan.

Foto: AP
Pokiston hukumati sobiq bosh vazir Imron Xon va uning vazirlariga mamlakatni tark etishni taqiqladi.
APP agentligining xabar berishicha, sobiq bosh vazir va avvalgi hukumat vakillari "korrupsion yo‘l bilan topilgan pullarini olib chet elda yashirinishlari" ehtimoli sababli ushbu taqiq joriy etilgan.
Yangi hukumatning birinchi yig‘ilishida bosh vazir Shahboz Sharif iqtisodiy muammolar, inflatsiyaning o‘sishi, ishsizlik va aholining qashshoqlashishida Imron Xon mahkamasini ayblagandi.
Sharifning so‘zlariga ko‘ra, Pokistondagi hozirgi iqtisodiy holat ulkan xavotir uyg‘otadi, ammo yangi hukumat vaziyatni tubdan yaxshilashga tayyor.
11 aprel kuni "Pokiston musulmonlari ligasi" partiyasi yetakchisi Shahboz Sharif mamlakatning 23-bosh vaziri etib saylangandi.
Pokiston parlamenti 10 aprel kuni bosh vazir Imron Xonga ishonchsizlik votumi e’lon qilgan va uni lavozimidan chetlatgandi.
Mavzuga oid

09:47
O‘zbekiston va Pokiston fuqarolarga viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi

13:58 / 23.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi

14:16 / 21.07.2025
O‘zbekiston Pokistondagi neft va gaz konlarini qidirishga jalb etilishi mumkin

11:49 / 21.07.2025