Millionerlar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingi e’lon qilindi
Reytingni tuzishda 1 mln dollar va undan ko‘p daromadga ega insonlar sotib olishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlarning turli shaharlardagi narxlari o‘rganib chiqiladi.

Shanhay / Foto: Denys Nevozhai / Unsplash
Shanhay ketma-ket ikkinchi yil juda ko‘p mablag‘ga ega odamlar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingida yetakchi bo‘ldi, deb xabar berdi Forbes.
Shveytsariyaning Julius Baer xususiy banki tuzgan reytingda London ikkinchi o‘rindan joy oldi.
Keyingi o‘rinlarda Taybey, Hongkong va Singapur joylashdi. Yuqori o‘ntalikka shuningdek, Monako, Tsyurix, Tokio, Sidney va Parij shaharlari kirdi. Nyu-York 11-o‘ringa joylashdi.
Bu yilgi reytingga Moskva kiritilmadi. Rossiya poytaxti 2020 yilda 23-, 2021 yilda esa 18-o‘rindan joy olgandi.
Julius Baer ekspertlari reytingni tuzishda 1 mln dollar va undan ko‘p daromadga ega insonlar sotib olishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlarning turli shaharlardagi narxlarini o‘rganishadi. Mahsulotlar ro‘yxatiga ko‘chmas mulk, BMW X7 avtomobili, Christian Dior ayollar sumkasi, taqinchoqlar, ayollar poyabzali, erkaklar kostyumi va qo‘l soati, MacBook, viski, vino, velosiped va trenajyorlar kiritilgan. Xizmatlar ro‘yxatidan biznes-klassda parvoz, mehmonxonadagi lyuks xona, eng yaxshi restoranda ovqatlanish, tibbiy sug‘urta, yuristlarga haq to‘lash, farzandlarni MBA darajasida o‘qitish va ko‘zni lazerli korreksiya qilish kabilar o‘rin olgan.
Mavzuga oid

09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

12:04 / 22.04.2025
Tramp faoliyatini ma’qullash reytingi tobora pasayib borayotgani ma’lum bo‘ldi

11:09 / 18.04.2025
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

21:20 / 16.04.2025