Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 120 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Buxoro shahrida 7 gektar yer maydoni noqonuniy ravishda sotilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan prokuratura va IIB xodimlari bilan hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro Sh.A. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, unga ukasi nomidagi «G.A.» MChJga qarashli 7 gektar ekin yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 120 ming dollarga sotishga kelishgani aniqlangan. U oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

19:49 / 23.07.2025
Buxoroda elektr toki urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi

20:42 / 06.07.2025