IIBBga “Zo‘r TV” joylashgan hudud minalashtirilgani haqida xabar kelib tushdi
Ikki noma’lum shaxs xususiy telekanal binosiga portlovchi modda o‘rnatayotgani haqida shahar IIBBga murojaat tushgach, tekshiruv o‘tkazilgan va bu o‘z tasdig‘ini topmagan. Rasmiylar shubhali holatga befarq bo‘lmagan fuqarolarga minnatdorchilik bildirdi.

Foto: Yandeks xarita
6 iyul kuni ertalab Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Zo‘r TV” telekanali joylashgan hududda 2 nafar noma’lum shaxs portlovchi modda o‘rnatayotgani haqida Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.
Idora matbuot xizmatiga ko‘ra, xabar soat 08:56 da kelib tushgan, shundan keyin zudlik bilan IIBB xodimlari va boshqa mutaxassislar voqea joyiga yetib borgan.
“Hudud o‘rganilganda portlovchi yoki hayot uchun xavfli bo‘lgan boshqa moddalar aniqlanmadi, xabar o‘z tasdig‘ini topmadi, xavotirga asos yo‘q. Hozirda “Zo‘r TV” telekanali o‘z ish faoliyatini doimgidek olib bormoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Poytaxt IIBB shubhali holatga befarq bo‘lmagan fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan.
Mavzuga oid

16:29 / 13.06.2025
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17 / 13.06.2025
Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi

12:34 / 12.06.2025
Hukumat qarori: Propiskasi yo‘qlar Toshkentda taksichilik qilolmaydi

11:05 / 12.06.2025