O‘zbekiston | 16:29 / 13.06.2025
3985
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

Bu haqdagi qarorlar Eron havo hududining yopilishi bilan bog‘liq.

Foto: Kun.uz 

Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports. Bunga Eron havo hududining yopilishi sabab bo‘lgan.

Jumladan,

- «Flydubai» aviakompaniyasining Dubay - Toshkent - Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ-1945/1946 reyslari;

- «Air Arabia» aviakompaniyasining Sharja - Toshkent - Sharja yo‘nalishi bo‘yicha G9-270/271 reyslari;

- «Asia Union» aviakompaniyasining Toshkent - Madina - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7q-141/142 reyslari.

Qatnovlarning qachon tiklanishi haqida ma’lumot berilmadi.

Mavzuga oid