Jo Baydenda kovid aniqlandi

AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun topshirgan test musbat natija bergan. Bu haqda Oq uy press-relizida ma’lum qilindi.
79 yoshli Bayden to‘liq vaksinatsiya kursidan o‘tgan va ikki bor buster-vaksina olgandi. Xabarda aytilishicha, unda kasallikning yengil alomatlari kuzatilmoqda va dori-darmonlar qabul qila boshlagan.
AQSh prezidenti ihotalangan va o‘z majburiyatlarini masofadan bajarishda davom etadi. U Oq uy xodimlari bilan telefon orqali muloqot qilmoqda va rejalashtirilgan uchrashuvlarda videoaloqa orqali ishtirok etmoqda.
Qayd etilishicha, Bayden koronavirus uchun test natijasi manfiy chiqqanidan keyingina o‘zaro uchrashuvlarga qaytishi mumkin.
- 13-16 iyul kunlari Jo Bayden Yaqin Sharqqa tashrif buyurgandi. Turne doirasida u Isroil va Saudiya Arabistoni hukumatlari rahbarlari bilan uchrashgandi. 19 iyul kuni AQSh prezidenti va uning rafiqasi Jill Bayden Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskaya bilan uchrashgan.
Mavzuga oid

16:36 / 17.04.2025
«Bu yigit bolta olib chopyapti» – Bayden prezidentlikdan ketgach ilk marta chiqish qildi

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

16:50 / 16.04.2025
Bayden Oq uyni tark etganidan keyin birinchi marta Trampni tanqid qildi

17:24 / 13.04.2025