Dunyoning eng qimmat sport klublari reytingi e’lon qilindi
Yangilangan reytingga 30ta amerikacha futbol klubi, beshta beysbol klubi, yettita basketbol va sakkizta futbol klubi kiritildi. Birorta ham futbol klubi reytingning yuqori o‘ntaligidan joy olmadi.

Foto: Forbes
Forbes dunyoning eng qimmat sport klublari reytingini e’lon qildi.
Birorta ham futbol klubi reytingning yuqori o‘ntaligidan joy olmadi.
O‘tgan yili uchta futbol klubi («Barselona», «Real» va «Bavariya») yuqori o‘ntalikka kirgandi.
Birinchi o‘rinni o‘tgan yildagi kabi «Dallas Kovboyz» amerikacha futbol klubi egalladi. Forbes uning qiymatini 8 mlrd dollar deb baholadi.
Keyingi o‘rinlarda quyidagi klublar joylashdi:
- «Nyu-Inglend Petriots» (amerikacha futbol) — 6,4 mlrd dollar;
- «Los-Anjyeles Rems» (amerikacha futbol) — 6,2 mlrd dollar;
- «Nyu-York Yankis» (beysbol) — 6 mlrd dollar;
- «Nyu-York Jayyens» (amerikacha futbol) — 6 mlrd dollar;
- «Nyu-York Niks» (basketbol) — 5,8 mlrd dollar;
- «Chikago Bearz» (amerikacha futbol) — 5,8 mlrd dollar;
- «Golden Steyt Uorriorz» (basketbol) — 5,6 mlrd dollar;
- «Vashington Kommanders» (amerikacha futbol) — 5,6 mlrd dollar;
- «Los-Anjyeles Leykers» (basketbol) — 5,5 mlrd dollar.
Yangilangan reytingga 30ta amerikacha futbol klubi, beshta beysbol klubi, yettita basketbol va sakkizta futbol klubi kiritildi.
Madridning «Real» klubi 5,5 mlrd dollar bilan 13-o‘ringa joylashdi. «Barselona» 15-o‘rin (5 mlrd dollar), «Manchester Yunayted» 19-o‘rin (4,6 mlrd dollar), «Liverpul» 22-o‘rin (4,45 mlrd dollar), «Bavariya» 23-o‘rin (4,28 mlrd dollar), «Manchester Siti» 24-o‘rin (4,25 mlrd dollar), PSJ 49-o‘rin (3,2 mlrd dollar) va «Chelsi» 50-o‘rindan (3,1 mlrd dollar) joy oldi.
Mavzuga oid

09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

12:04 / 22.04.2025
Tramp faoliyatini ma’qullash reytingi tobora pasayib borayotgani ma’lum bo‘ldi

11:09 / 18.04.2025
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

21:20 / 16.04.2025