Qirg‘iziston parlamenti shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining xabariga ko‘ra, erishilgan kelishuvlarga qaramasdan otishma davom etmoqda.

Foto: Anadolu Agency
Qirg‘iziston parlamenti shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi, deb xabar berdi parlament deputati Dastan Bekeshev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat sababli mamlakatda harbiy holat joriy etish masalasi muhokama qilinishi mumkin.
«Intimak» fraksiyasi deputati Marlen Mamataliyevning bildirishicha esa, hozircha harbiy holat joriy etilmaydi.
«Yana bir kun kutamiz, har ikki tomon o‘t ochishni to‘xtatish choralarini ko‘rayotgani haqida xabarlar kelmoqda», — dedi Mamataliyev.
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining xabariga ko‘ra, erishilgan kelishuvlarga qaramasdan otishma davom etmoqda.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegarada vaziyat oxirgi marta 14 sentabr kuni keskinlashdi, o‘shanda chegarachilar chegaraning uchta uchastkasida otishma uyushtirdi. Oqibatda har ikki tomondan bir necha kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan.
Avvalroq Samarqandda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon chegaradagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazgani xabar qilingandi.
Xabarga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib olgan.
Mavzuga oid

13:13 / 19.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika hamda suv xo‘jaligi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

12:13 / 06.05.2025