Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda 10 yoshli bola halok bo‘ldi
4-sinf o‘quvchisi qishloq yo‘lida velosipedda ketayotganda uni yuk mashinasi urib yuborgan.

Videodan kadr
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 16 sentabr kuni soat 9:00 larda Bulung‘ur tumani Olmazor mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Paxtaboshi qishlog‘idan harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda velosipedda ketayotgan 2012 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.
Oqibatda Bulung‘ur XTBga qarashli 17-maktabning 4-sinfida o‘qiydigan 10 yoshli bola og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida halok bo‘lgan.
Avvalroq, Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda Damas Kamaz yuk mashinasiga borib urilgan. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgandi.
Mavzuga oid

19:10 / 13.05.2025
Qozog‘istonda onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

18:06 / 09.05.2025