Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yildi
Yuqori Chirchiq tumanidagi ikki fuqaro internet orqali mijoz topib, narkotik moddalarni xufiya joylarga yashirib ketish orqali sotishgan.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida ikki nafar fuqaro dala hovlida yashirin narkolaboratoriya tashkil etib, «Mefedron» sintetik narkotik moddasini tayyorlab, sotish bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi. UzA agentligi xabar berishicha, bu holat Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va tuman bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda olib borilgan tekshiruvlar natijasida aniqlangan.
Dala hovlida 1 kg 12 gr «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi, kimyoviy suyuqliklar va boshqa zarur uskunalar borligi aniqlandi. Shuningdek, bu shaxslarning biriga tegishli «kafe»da 18 gr «opiy», 33 gr «gashish» va 2 gr «Mefedron» narkotik moddalari topildi.
Ushbu shaxslar Telegram messenjeri orqali mijoz topib, narkotik moddalarni xufiya joylarga yashirib ketish orqali sotishgan.
Tadbir davomida 15 ta yashirin joyga sotish maqsadida 7 gr «Mefedron» va 8 gr «gashish» narkotik moddalari yashirilgani aniqlandi.
Qonunbuzarlar jinoiy harakatlariga farg‘onalik kimyogarni ham jalb etgan. Narkotiklarni xufiya joylarga joylashtirish bilan esa Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi shaxs shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid

11:37 / 09.08.2025
Mashina ustiga chiqib salyut uchirgan fuqaro 7 sutkaga qamaldi

10:16 / 09.08.2025
O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosini qo‘lga oldi

14:44 / 06.08.2025
Buxoroda bosh hisobchi va o‘rinbosari «otkat» bilan qo‘lga tushdi

22:08 / 05.08.2025