Rossiya samolyoti mast bezori tufayli Urganchga favqulodda qo‘ndi
«Moskva-Goa» reysida mast holatdagi yo‘lovchi bezorilik qilgan. U huquqni himoya qilish organlari xodimlariga topshirilgan.

Foto: Uzbekistan Airports
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777-300 samolyoti 18 yanvar kuni soat 20:29 da Xorazm viloyati markazi Urganch shahri xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Moskva shahridan Hindistonning Goa shahriga parvoz qilayotgan havo kemasi ekipaji mast yo‘lovchining bezoriligi sababli shunday qarorga kelgan. Zo‘ravon yo‘lovchi samolyotdan tushirib yuborilgan va huquqni himoya qilish organlari xodimlariga topshirilgan.
«Yaqin soatlarda samolyot parvozini davom ettiradi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Tailand poytaxti Bangkokdan Rossiya poytaxti Moskvaga uchgan «Aeroflot» aviakompaniyasining Boeing-777 samolyoti yo‘lovchining bezoriligi tufayli Samarqandga favqulodda qo‘ngan edi.
Mavzuga oid

11:31 / 26.04.2025
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

00:41 / 26.04.2025
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

12:04 / 25.04.2025