Xorazmda mast haydovchi piyodani urib ketdi
Yangibozor tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan mast fuqaro Damas avtomobilini boshqarib ketayotganda piyodani urib ketdi.

Foto: YHXX
Xorazm viloyati Yangibozor tumanida Damas piyodani urib ketdi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar qildi.
14 yanvar kuni soat 02:00 larda Yangibozor tumani «Navbahor» MFYda haydovchilik guvohnomasi yo‘q fuqaro onasiga tegishli bo‘lgan Damas avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Piyoda olingan tan jarohatlar oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Haydovchi mast holatda bo‘lgani aniqlangan.
Mavzuga oid

11:17
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

08:35
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

13:02 / 24.04.2025